Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashning yig’ilishida Farg‘ona davlat universiteti Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘afforov Rahmatjon Abduqaxxorovichning 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha yozilgan "Chiziq va sirtlarning psevdoyevklid fazolaridagi almashtirishlarga nisbatan ekvivalentligi" mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi bo’lib o’tdi.
Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan ushbu dissertatsiya doirasida Chiziq va sirtlarning psevdoyevklid fazolaridagi almashtirishlarga nisbatan ekvivalentligi bilan bog’liq masalalar o’rganildi va asoslantirildi.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan mazkur ilmiy ish ijobiy baholanib, G‘afforov Rahmatjon Abduqaxxorovichning dissertatsiyasi tugallangan deb hisoblanib, Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.