Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDU rektoriga biriktirilgan yoshlarning murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

14:39, 17.07.2023      

Ayni kunlarda Farg'ona davlat universitetiga biriktirilgan viloyatimiz mahallalaridagi ko'plab yoshlarning muammolarini oʻrganish va ularni hal etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Farg'ona shahridagi "Yormozor" mahallasida o'tkazilgan o'rganishlar davomida shu mahallada yashovchi fuqarolarga:

Tibbiy va moddiy ko'makka muhtoj bo'lgan, 2-guruh nogironi A. Ahmadjonovga 1 500 000 so'mlik vaucher;

Ipak yo'li mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi, ustachilik jihozlariga ehtiyoji bo'lgan M.Ro'zaliyevga zarur dastgohlar;

Shu mahallada yashovchi, 2-guruh nogironi A.Akramovga tibbiy yordam uchun 1 500 000 so'mlik pul mablag'i;

Shu mahalladagi 2-guruh nogironi F.Muhiddinovga davolanish uchun 1 500 000 vaucher taqdim etildi.

Mahalla yoshlari bilan muloqot olib borgan universitet rahbari yoshlar hamisha Muhtaram Prezidentimiz mehri va e'tiborida ekanligini ta'kidlab o'tdi va ularning taklif hamda muammolarini tinglashga doimo tayyorligini bildirdi.

Xonadon egalari, mahalla faollari va yoshlar universitet rahbariyatini ochiq yuz bilan kutib olar ekanlar, bu sahovatdan minnatdor bo'ldilar.

Universitetda mazkur yo'nalish bo'yicha ishlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.