Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ENDILIKDA UNIVERSITETNING O'Z "VOLEYBOL JAMOASI" BO'LADI

14:48, 17.07.2023      

Bugun Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi, sport ustalari, murabbiylar, yosh voleybolchilar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibida 2023-yil 12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov boshchiligida o'tkazilgan O'zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari Rayosat yig'ilishida belgilangan masalalar asosiy e'tiborda bo'ldi.

Yig'ilishda universitet rahbari joriy yilning 11 aprel kuni Muhtaram Prеzidеntimiz Mirziyoеv raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan vidеosеlеktor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi xususida to'xtalar ekan, FarDUda volеybol sport klubini tashkil etish, klub orqali esa talabalarni sport ligalariga birlashtirib, doimiy turnirlar o'tkazish zarurligini ta'kidladi.

Shuningdek, yig'ilishda universitet voleybol jamoasini shakllantirish, jamoaga bitiruvchilar, uyushmagan yoshlar vakillari, mahallalardagi sportga qiziqqan yoshlarni jalb etish, yil davomida mahallalar va universitet o'rtasida sovrinli turnirlar o'tkazib borish taklifi ilgari surildi.

Rektorning ushbu taklifini qo'llab-quvvatlagan professor-o'qituvchilar FarDUda shakllanayotgan voleybol jamoasini rijojlantirish uchun yetarli ilm maktabi, sohadagi ko'p yillik tajriba, zarur shart-sharoit va munosib kadrlar mavjud ekanligini aytib o'tdilar.

Muloqot chog'ida sportchi yoshlar takliflari tinglanar ekan, ular orasidan Jismoniy madaniyat fakulteti bitituvchisi O'tkirbek Rejapov voleybol turida tajriba to'playotgani, ushbu sportga qiziqishi yuqori ekanligi, kelajakda voleybol o'yini bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishni maqsad qilganini bildirdi.

Universitet rektori O'tkirbekni takliflarini qabul qilar ekan, universitet voleybol klubi va jamoasini kuchaytirishda aynan u mas'ul bo'lishini uqtirdi.