Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDU va mahalla hamkorligi: Rеktor yoshlar muammolarini o`rganmoqda

18:53, 18.07.2023      

Ma'lumki, Farg'ona davlat univеrsitеti rеktori B.Shеrmuhammadov mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimida faol harakat olib bormoqda.

Kuni kеcha ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan muloqot olib borgan univеrsitеt rahbari "Oqariq", "Yoshlar", "Oybek", "Ma'rifat", "Farg'ona", "Shakarqishloq" mahallalarida o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, mavjud muammolarga ijobiy yechim izladi.

Jumladan, Farg‘ona shahridagi "Oqariq" mahallasida yashovchi bemor - Otabek Axmadjonov hamda "Ipak yo'li"lik 2-guruh nogironi Fazliddin Muhiddinovlar holidan xabar olindi;

"Shakarqishloq" mahallasi, Shiroq ko‘chasi, 27-xonadonda yashovchi 1-guruh nogironi Temurbek To'xtasinov, shu bilan birga, "Oybek " mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Asadbek Mullajonovlarga nogironlik aravachalari berildi;

"Yoshlar" mahallasidan Odina Toshtemirovaning muammosi o‘rganilib, unga 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqishi uchun huquqiy yordam ko'rsatildi.

Bu o'rganishlar kop'lab yoshlarimizni faollikka, motivatsiya bilan oyoqqa turishga undab, o'z-o'ziga bo'lgan ishonchni oshirayotgan bo'lsa, rektorning mahallalarda "yoshlarbay" ishlashi natijasida aholining oliy ta'lim tizimiga bo'lgan hurmat va qiziqishi balandlab bormoqda.