Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 468
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 364
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MAHALLA YOSHLARI MUAMMOLARI - FARDU REKTORINING DOIMIY E'TIBORIDA

11:22, 21.07.2023      

Ma'lumli, Farg‘ona davlat universitetiga biriktirilgan imkoniyati cheklangan yoshlar masalasi - oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadovning kundalik o'rganishiga aylangan holda, mahallalarda ko'plab xonadonlar farzandlari o'z muammolariga ijobiy yechim topmoqda.

Jumladan, kuni kecha Farg'ona shahridagi "Navro‘z" mahallasida yashovchi Husanboy Mahmudovga moddiy yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari, 1 000 000 so‘m pul mablag'i, kitoblar jamlanmasi berildi.

"Jo‘ydam" mahallasida yashovchi, probatsiya nazoratida bo'lgan X.Mamaro‘ziyev holidan xabar olinib, universitetdan ish taklif etildi, onasini davolatish uchun moddiy yordam ajratish rejalashtirildi.

"Yulduz" mahallasidagi Nodirov Dilshodbekka esa 1 000 000 so‘m vaucher berildi. Uning qiziqishlarini tinglagan rektor Dilshodbekka noutbuk zarurligini qayd etdi.