Oliygohlarning xalqaro nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan tashabbuslar doirasida kuni kecha Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida vazir o’rinbosari Shahlo Turdikulova Vengriya qishloq xo’jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Dr. Chaba Dyuritsa boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ushbu rasmiy uchrashuvda Farg’ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Rasmiy muloqotlar jarayonida taraflarning asosiy e'tibori - Vengriya hukumatining "Stipendium Hungaricum" davlat stipendiyasi dasturida O'zbekiston talabalari ishtirokini oshirish, ikki oliygoh o'rtasida akademik almashinuvlar, ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.
Uchrashuv yakunida vazir o’rinbosari Shahlo Turdikulova tomonidan Dr Chaba Dyuritsaga FarDUning "faxriy doktori" unvoni topshirildi.
Quvonarlisi, FarDU va ushbu universitet hamkorligini yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun yangi shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, 4-sentabr kuni Vengriyada FarDU rektoriga Vengriya qishloq xo`jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori tomonidan "Faxriy doktor" unvoni berilishi rejalashtirildi.