Farg'ona davlat universitetiga biriktirilgan hududlardagi ijtimoiy himoyaga, e’tibor va ko‘makka muhtoj yoshlarni ma'nan va moddiy qo'llab-quvvatlashda davom etayotgan rektor Bahodirjon Shermuhammadovendilikda shaharning “Al-Farg‘oniy”, “Madaniyat”, “Yulduz”, “Navbahor” mahallalarida bo'ldi. Bunda mahalladagi yoshlar muammolari bo'yicha uyma-uy muloqotlar olib borildi.
O’rganilgan muammolarning ijobiy yechimi sifatida:
Al-Farg‘oniy mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan yosh- Dilafruz Po‘latovaga noutbuk berildi.
Madaniyat mahallasida yashovchi Ro‘zmatali Abdulxatovga zamonaviy kompyuter jamlanmasi berildi.
Yulduz mahallasida yashovchi Dilshod Nodirovga elektr nogironlik aravachasi taqdim etildi.
Navbahor mahallasida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan nogironligi bo‘lgan Muhammadumar Muhammadovga zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga ko'maklashishga qaratilgan mazkur muloqotlarda asosiy e'tibor - yoshlarning kayfiyati, maqsad va harakatlari, murojaatlari va muammolari, oilalarda ularning jismoniy, ma'naviy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitni o'rganish, kasb-hunarga, sportga, san'at va madaniyatga yo'naltirish, ijtimoiy himoyalash, bilim olishga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash kabi muhim masalalarga qaratildi.