Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Bayramga munosib tuhfa

08:43, 04.09.2023      

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor kundan- kunga yuksalib bormoqda. Xususan, oliy ta’limda talabalarning sifatli bilim olishlari uchun zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar uchun turar joylar barpo etilishi oliy ta’limni rivojlantirishga berilayotgan alohida e’tiborning natijasidir. Shahar markaziga ancha uzoq bo‘lgan tumanlardan bilim olish va kelajakda bir kasbning malakali mutaxassisi bo‘lishni niyat qilib o‘qishga kirgan talaba- yoshlarning turar joy muammosinibartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyatida talabalar turar joylari qurib bitirilib foydalanishga topshirilmoqda.

Mustaqillik bayrami oldidan Farg‘ona davlat universitetiga qarashli beshta talabalar turar joylari qurilib, talabalar ixtiyoriga berilishi bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi. Ushbu talabalar turar joylari davlatning xususiy sherikchiligi hamda oliygohning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bunyod etildi.

Yangi o‘quv yili boshida Farg‘ona davlat universitetining yangi qurib bitkazilgan jami-1,5 mingga yaqin o‘rinli talabalar turar joylarini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Farg‘ona davlat universiteti rektori, oliygohning o‘qituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berar ekan, universitet jamoasi hamda talaba yoshlarnimustaqilligimizning 32 yilligi bilan qizg‘in tabrikladi. Viloyat hokimio‘z nutqidaPrezidentimizning “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot– bilimda” degan so‘zlarini keltirib, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan oliygohlar sonining 13taga yetganini ta’kidlab o‘tdi. Albatta, bu oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni shakllantiradi va malakali kadrlar yetishib chiqishi uchun qulay muhitni yuzaga keltiradi. Respublikamizda oliy ta’lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Farg‘ona viloyatining o‘zida yoshlarimizning sifatli bilim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida bugungi talabalar ertangi buyuk O‘zbekistonning munosib vorislari bo‘lib yetishishadilar. Ular xalqaro maydonlarda dunyoning eng nufuzli davlatlari bilan raqobatlasha oladigan, Vatanimiz sha’nini himoya qiladigan kuchli mutaxassislar safidan o‘rib olishlari shubhasiz.

Ochilish marosimidan so‘ng viloyatimiz rahbari talabalar turar joyidagi mavjub shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.