Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Universitetimiz rektori Vengriyada “fan doktori” bo‘ldi

09:27, 05.09.2023      

Farg'ona davlat universitetining xalqaro doiradagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari kuchaymoqda. Joriy yilning 4–6- sentyabr kunlari Vengriyaning Qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetida Vengriya Madaniyat va innovatsiya vaziri Janos Csak, Qishloq ho‘jaligi va hayotiy fanlar universiteti Prezidenti Sándor Csányi ishtirokida yangi o‘quv yilining xalqaro tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi shuki, ushbu marosimda Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.

Forum doirasida venger-o‘zbek xalqaro aloqalarini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi, oliy taʼlim sohasidagi aloqalar, xususan, Fargʻona davlat universiteti va MATE oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun rektor Bahodirjon Shermuhammadovga Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlari universiteti Senati tomonidan faxriy doktor unvoni berildi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Dr. Chaba Dyuritsaga FarDUning "faxriy doktori" unvoni berilgan.