Kuni kecha Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta’lim bo’limida mustaqilligimizning 32 yilligihamda yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir “Yangi hayot uchun ,yangi O’zbekiston uchun” shiori ostidagi o‘tkazildi. Unda bo’lim jamoasi va talabalar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida so‘zga chiqqanbo‘lim boshlig‘i A.Abdumalikov barcha tadbir qatnashchilarini mustaqilligimizning 32 yilligi bilan muborakbod etib, yangi boshlanayotgan o‘quv yilida talabarga omad va zafarlar tiladi. Ko‘ngillarni faxr-iftixorgato‘ldirib davlat madhiyasi yangradi.
Tadbir davomida “Madhiyang yangrasin toki bor jahon,jonim senga qurbon jon O’zbekiston” mavzusida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasio’qituvchisi Sh.Kadirov tomonidan nutq so’zlandi. Shundan so‘ng musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari va xonandalar ishtirokidagi musiqiy kecha tashkillandi.