Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Talabalar ligasi

15:37, 11.09.2023      


Bugun Farg‘ona davlat universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.Rahimov hamda ma’naviy-ma’rifiy tizim mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘di. Yig‘ilishda asosiy masala yoshlar orasida sportni ommalashtirish va oliygohdagi sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratildi. Shu maqsadda fakultetlar tizimida beshta sport turi bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish va yil davomida musobaqalar tashkillab borishga kelishib olindi. G‘olib jamoalar ichidan “Eng zo‘r fakultet”, “Eng yaxshi jamoa”, “Eng yaxshi murabbiy” larni aniqlash va rag‘batlantirib borish, murabbiy va jamoalar orasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish haqida fikrlar bildirildi. Har bir jamoa o‘z logotipi va sport kiyimiga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Endilikda talabalar ligasi universitetda o‘z faoliyatini boshlaydi va dastlabki haftada shaxmat musobaqalari o‘tkaziladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini tashkillash masalasi ham ko‘rib chiqildi.