Hurmatli 2023/2024-o‘quv yilida universitetga bazaviy kontrakt asosida o‘qishga kirgan hamda yuqori bosqichda kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba-qizlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 585-sonli qaroriga asosan otasi yoki onasi vafot etgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, turmush o‘rtog‘i vafot etgan yolg‘iz holda farzand o‘stirayotgan hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi bo‘lgan kontraktda o‘qiyotgan talaba-qizlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, hokimliklar tomonidan kontrakti to‘lab beriladi.
Shundan kelib chiqib, ushbu mezonlarga mos talaba-qizlar bugundan boshlab 13 sentyabr soat 12:00ga qadar asoslovchi hujjatlar (o‘lim guvohnomasi, talabaning tug‘ilganlik guvohnomasi, kam ta’minlangan oila to‘g‘risidagi guvohnoma) fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilariga murojaat eting.