Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg‘ona davlat universiteti

18:30, 13.09.2023      


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi VM-606 sonli qarori xamda Farg‘ona Davlat Universiteti Kengashi qaroriga asosan, 2023/2024-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida kirish imtihonlari natijalariga asosan: talabalikka tavsiya etilmagan ammo 46.5 (maksimal ballning 50%) balldan kam bo‘lmagan abituriyentlar, qo‘shimcha ravishda o‘qish uchun birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

  • belgilangan kvota doirasida yetarli ball to‘play olmagan hamda talabgorlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 50% (46,5 va undan yuqori) ball to‘plagan abiturientlar 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga belgilangan bazaviy kontraktning 5 barobari miqdorida;
  • belgilangan kvota doirasida yetarli ball to‘play olmagan hamda talabgorlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 50% (46,5 va undan kam) ball to‘plagan abiturientlar 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga belgilangan bazaviy kontraktning 8 barobari miqdorida
  • O‘qish istagini bildirgan talabgorlar to‘lov shartnomasini 15-sentabrdan boshlab https://www.fdu.uz/site/sahifa/2864f5cb9c69062794b... saytidagi platformadan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.