Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Texnologik ta'lim

15:02, 15.09.2023      


Bugun Farg'ona davlat universitetida Fizika - texnika fakultetining "Texnologik ta'lim" kafedrasi tomonidan "O'zbekiston yangi taraqqiyot davrida texnologik ta'lim yo'nalishi fanlarini o'qitishning optimallashtirish masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Anjumanda:

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologiya fanini o'qitishning o'qitishning optimallashtirishning mohiyati va ahamiiyati;

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish;

1-4 va 5-9 sinflardagi texnologiya fanini o'qitishda ta'limning o'zaro uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash;

Texnologiya fanini transformatsiyalashda innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari;

Texnologiya ta'lim o'quv rejasiga kiritilgan fanlarni o'qitishda fanlararo bog'lanishlardan foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo'ldi.

Professor olimlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talaba-yoshlar ishtirok etgan ushbu anjuman ZOOM platformasi orqali onlayn ravishda xalqaro ishtirokchilarni qamrab oldi.