Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar kengashi tomonidan bugun "Tazyiq va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda ayollarni Reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Farg'ona viloyat hududiy bo'lim boshlig'i J.A.Axmedova, FarDU profilaktika inspеktori, podpolkovnik -M.B.Kamolova, FarDU psixologi F.J.Abdullayeva, Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.N.Dexqonboyeva, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ularni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish borasida zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.