Ingliz tili imlosi bo'yicha tashkillanayotganmilliy tanlov O‘zbekistondagi bakalavriat talabalari uchun ingliz tilidagi bilimlarini namoyish etish va mamlakat bo‘ylab o'zaro tengdoshlar bilan raqobatlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bu tadbir AQSh va O'zbekiston o'rtasida ingliz tilini o'rganish va madaniy almashinuvni rivojlantirishga yordam beradi.
Bugun Farg'ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan ushbu tanlovda ishtirokchilar O‘zbekistonning 12 viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan tanlab olinadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko'magida tashkillangan tanlovda Amerika elchixonasi vakillari va AQSh almashinuv dasturi ishtirokchilari yaqindan hamkorlik qilmoqdalar.
Ingliz tili imlosi bo'yicha ushbu milliy tanlov mashhur “American Spelling Bee”- orqalimodellashtirilgan.
Bunda ishtirokchilardan tobora qiyinlashib borayotgan inglizcha so'zlarni talaffuz qilish so'raladi va eng ko'p so'zlarni to'g'ri nomlagan ishtirokchi g'olib bo'ladi.
Tanlovda Elchixona gʻolib vauch finalchini maxsus sovgʻalar bilan taqdirlaydi, shuningdek, ular joriy yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy “Spelling Bee” tanlovida Oʻzbekiston nomidan qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.