Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari hamkorligida ijarada yashayotgan talabalar shart-sharoitlari o'rganildi.
Bunda ijara xonadonlarining isitish tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazoratdan o'tkazilib, yong'in xavfsizlik qoidalari o'rgatib borildi.