Pedagogika va psixologiya fakultetida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarningota-onalari uchun “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda fakultet jamoasi va ota-onalar ishtirok etdilar. Bunda ota-onalarga universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq, kiyinish va muomala madaniyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, kredit modul tizimi, uning asosiy tamoyillari, oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati kabi masalalar yoritildi.
Tadbirdan so‘ng ota-onalar universitet bo‘ylab auditoriyalar, axborot-resurs markazi, “Qatag‘on qurbonlari” tarixiy muzeyiga sayohat qildilar.