Filologiya fakultetida Sankt-Peterburg universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Риторика в мировом пространстве: наука, образование, практика» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyaning ahamiyati jahon ilmiy va akademik makonida Rossiya va O‘zbekiston ilmiy va ta’lim hamjamiyatlari vakillari o‘rtasidagi hamkorlik va sheriklikni mustahkamlash bilan belgilandi.
Konferensiyada A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti professori, filologiya fanlari doktori Annushkin Vladimir Ivanovich «Современная риторика в традиции и современности: наука - искусство - практика - обучение» mavzusi bilan, Qozon federal universiteti professori, filologiya fanlari doktori Natalya Viktorovna Gabdreeva «Личность современного оратора: слагаемые успеха» mavzusi bilan so‘zga chiqdilar.
Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mo‘minov Sidiqjon Mirsobirovich “O‘zbek ritorikasi: kecha, bugun, ertaga”, Sankt-Peterburg universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Yerofeyeva Inna Nikolaevna «Риторическая компетенция как составляющая коммуникативной компетенции современного человека», Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Davlyatova Gulchehra Nasirovna «Лингвокреативные способности оратора как харизматической личности» hamda Farg‘ona davlat universiteti doktoranti Akramova Nozima Muzaffarovna «Youth sociolect: manipulation in rhetorical discourse» mavzulari bilan so‘zga chiqdilar.