Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 467
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 363
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

14:05, 22.09.2023      

Ayni paytda Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirishning hududiy jihatlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi universitet rahbariyati, Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti, Rossiyaning Altay davlat universiteti, O‘zbekistonning Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq davlat universiteti va oliygohimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirni o‘z kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilagan holda, viloyat hududida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, kuni kecha Qo‘qon shahrida boshlangan “II Xalqaro hunarmandchilik festivali”bu ishlarningamaliy ifodasi ekanini ta’kidladi.