Fizika-texnika fakultetida ham hafta yakunida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda fakultet jamoasi tomonidan ota-onalar bayramona kutib olindi.
Forumda tashkiliy va o'quv jarayonida eng faol va ilg'or talabalarning ota-onalari munosib taqdirlandi.
Bunda oliygohning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, ta’limning kredit-modul tizimi, kiyinish madaniyati kabi zarur masalalarda so'z bordi.
Forum yakunida ota-onalar "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi, axborot-resurs markazi,talabalar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.