Bugun FarDUning Tarix fakulteti tomonidan “Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, va Xitoy o‘rtasida qo‘shma arxeologik tadqiqotlar almashinuvi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Erta tongdan bayramona kayfiyatda qarshi olingan mehmonlar universitetning anjumanlar zaliga taklif etildi.
Anjumanda TojikistonQizg‘iziston, Xitoy va O‘zbekistonning yirik tarixshunos olimlari, professorlar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etib, Farg‘ona vodiysida qadimdan rivojlanib kelgan turli xalqaro aloqalar, vodiydagi arxeologik yodgorliklarning tarixiy ildizlari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari, ilmiy qarashlarini bildirdilar.
Konferensiya ishida xitoylik olim Ding Yanning “Xitoy va Qozog‘istondagi ikkita yuqori darajadagi qabrlarning uyumlarini dastlabki taqqoslash - Xitoydagi Xan sulolasi imperatori Vu davri va Qozog‘istondagi saklar davri qabrlari” mavzusida, Yu Jianjunning“Shinjondagi Tongtian g‘orining arxeologik aniqlanishi” mavzularidagi ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ilmiy muloqot so‘ngida mehmonlar anjuman tashabbuskori bo'lgan Jahon tarixi kafedrasining "Arxeologik yodgorliklarinitadqiq etish va muzeylashtirishinnovatsion ilmiy-tadqiqotmarkazi"ga hamda universitetning "Qatag'on qurbonlari" tarixiy muzeyiga sayohat qildilar.
Tadbir doirasida Buyuk ipak yo‘li arxeologiyasining akademik seminari ham tashkillandi.
Konferensiyaning keyingikunida Andijon viloyatiga sayohat rejalashtirilgan. Bunda xorijlik mehmonlar "Andijon viloyati tarixi va madaniyati" davlat muzeyi hamda "Mingtepa" qadimgi shahar arxeologik yodgorliklari bilan tanishadilar.