Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Talabalar ligasining ochilish marosimi

14:50, 27.09.2023      

Farg'ona davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Talabalar ligasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun erta tongdan FarDUning Sport-sog'lomlashtirish majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Talabalar ligasi”ning tantanali ochilish marosimi boshlandi.

“Talabalar ligasi“ sport musobaqalarini kirish so'zi bilan ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov yoshlarni liga mavsumi bilan qizg'in tabriklab, barcha ishtirokchi talabalarga omad tiladi.

Oliygoh rahbari o'z nutqida muhtaram Prezidentimiz tashabbuskorligidayoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta'kidlab o'tdi.

Musobaqalar avvalida va har bir sport jamoasiga zarur yangi sport anjomlari topshirildi.

Tadbirni bayramona va ko'tarinki ruhda kutib olgan yoshlar fakultet talabalaridan iborat jamoalarga birikkan holda, sportning shaxmat-shashka, basketbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishga kirishdilar.

Ma’lumot o‘rnida: sport musobaqalarining birinchi bosqishi sentyabr — noyabr, universitet bosqichi noyabr — dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.