Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xalqaro hamkorlik

09:10, 28.09.2023      

Bugun Farg'ona davlat universitetiga xalqaro hamkorlik doirasida Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni samimiyqarshi olgan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor- Bahodirjon Shermuhammadov ularni o'zaro muloqotga chorladi.

Qizg'in muloqot chog‘ida Farg‘ona davlat universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida ilmiy, amaliy hamda akademik hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikda olib borilgan professor-o‘qituvchilar almashinuvi, o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar, tashkil etilishi rejalashtirilgan qo‘shma dasturlar bo'yicha taklif va tavsiyalar kelishib olindi. Yangi rejalar va kelishuvlar yuzasidan memorandum imzoladilar.

Shuningdek, muloqotning taqdirlash qismida oliygoh bilan faol hamkorlik olib borayotgan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetirektori Sharifzoda Mumin Mashokirga -Farg’ona davlat universitetining "faxriy professor" unvoni taqdim etildi.

Tadbir so'ngida mehmonlar universitet kampusi, "Qatag'on qurbonlari" tarixiy xotira muzeyi hamda yangi Talabalar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.