Tarix fakultetida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari uchun “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda fakultet jamoasi va ota-onalar ishtirok etdilar. Bunda ota-onalarga universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq, kiyinish va muomala madaniyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbirda ota-onalar kengashi raisi va a'zolari saylandi. Ta'lim va tarbiya jarayonini sifatli olib borishda ota-onalar va oliygoh o‘rtasida doimiy hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Tadbirdan so‘ng ota-onalar fakultet bo‘ylab auditoriyalar, axborot-resurs markazi, oshxona, sport zali va talabalar turar joyi bo‘ylab sayohat qildilar.