Bugun 1 oktabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet professor-o'qituvchilari uchun "Afrosiyob" tantanalar saroyida bayram shodiyonasi tashkil qilindi.
Tadbirga faxriy ustozlar, hozirgi kunda mehnat faoliyatini olib borayotgan ilg‘or professor-o‘qituvchi va murabbiylar taklif etildi.
Dastlab oliygoh rektori ustoz va murabbiylarni sana munosabati bilan samimiy qutladi. Barcha uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz va mo‘’tabar zotlarning mashaqqatli mehnati e’tirof etildi.