Bugun Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi 118-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida malakali kadrlarni tayyorlashning dolzabr muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy anjumani o‘tkazildi.Pedagogika-psixologiya fakulteti jamoasi tashabbuskorligida bo'lib o'tgan konferensiyada ta’limni modernizatsiyalash sharoitida malakali kadrlarni tayyorlash, xorijiy tajribadan foydalanish, xalqaro baholash dasturlari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rnihamda ahamiyati kabi masalalar ilm ahli muhokamasida bo'ldi. Ahamiyatlisi, anjumanda xorijlik professor-o‘qituvchilardan Turkiyaning Kirklareli universiteti o‘qituvchisi Meryam Hamışöğlu, Rossiya federatsiyasining Ural gumanitar instituti direktori maslahatchisi Burnasov Aleksandr Sergeevich,Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori L.A.Maksimovalar o‘z ma’ruzalari bilanishtirok etdilar. Shuningdek, respublikamizning nufuzli oliygohlaridan tashrif buyurgan professorlar-o‘qituvchilarning soha xususidagi ilmiy qarashlari o'rganildi.
Konferensiya ishtirokchilari uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayoni yutuqlarini amaliyotga joriy qilishda xalqaro tajribalarni o‘rganish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbollarini belgilab berish bo‘yicha o‘zlarining ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarini ishlab chiqdilar.