Shu kunlarda Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Qirgʻiziston Respublikasida bo‘lib o'tayotgan oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumida ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda esa Oʻsh shahridagi Qirgʻiz-Oʻzbek universitetida “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi boshlandi.
Forumda Qirgʻizistonning bir qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari va Farg‘ona davlat universiteti o'rtasida mustahkam halqaro aloqalar o'rnatilib, hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda.