Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Rektorlar forumi

10:04, 05.10.2023      

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Unda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov nutq so‘zlab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oliygohlar soni 211 taga yetgani, jumladan 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

“... Bundan tashqari biz kadrlar tayyorlash bo‘yicha 117 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda “ikki tomonlama diplom – “2+2”, “3+1” ko‘rinishida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqdamiz”, — dedi K.Karimov.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida bugungi kunda 90 dan ortiq universitetlararo hamkorlik shartnomalari va memorandumlari mavjud bo‘lib, ular hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi.