Farg'ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda universitet hamkorligida FarDU bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri I.Qurbonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali rahbari S.Islomov va agentlik vakillari ishtirok etdilar.
Muloqotda bitiruvchilar davlat boshqaruv tizimiga ishga kirish jarayonida vacancy.argos.uz platformasida ariza topshirish, vakant ish o‘rinlari bilan tanishish va boshqa me'yoriy ish hujjatlari bilan tanishtirildi.