Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Adolat” SDP Farg’ona viloyat Kengashi raisi, “Shuhrat” medali sohibi Shaxnoza G‘aniyeva talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Sh.G’aniyeva ko’p yillik tadbirkor sifatida tadbirkorlik sohasining sir-sinoatlari, ushbu sohada faoliyat yuritish uchun qanday bilim va malakalarga ega bo’lish kerakligi hamda davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil gapirib o’tdi.
Shuningdek, yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida “Adolat” SDP Saylovoldi dasturi, “Yosh adolatchilar”, “Ayollar” qanoti faoliyati haqida to’xtalib o'tdi.