Bugun Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokida Jismoniy madaniyat fakulteti talaba-qizlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda Farg'ona shahar IIB boshlig'i, univеrsitеt profilaktika inspеktorlari, shuningdek psixologlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Bunda jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odob-axloq qoidalari kabi yoshlar hayoti va kelajagi uchun muhim bo'lgan masalalar haqida so'z bordi.