Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni

09:32, 12.10.2023      

Sana munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubi respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, o‘quvchi va talaba qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida keng miqyosda nishonlanib kelinayotgani aytib oʻtildi. Bu sana dunyo boʻylab qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish va tahlil etish imkonini ham beradi – dedi vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov.

Shuningdek, mamlakatimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor, islohotlarda ham ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga ustuvorlik berilayotgani, ayniqsa, taʼlim sohasida o‘quvchi va talaba qizlarga yaratilayotgan sharoit hamda berilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalinib, barcha qizlar samimiy qutlandi.

So‘ng tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, xushovoz xonandalarning kuy-qoʻshiqlari yanada bayramona kayfiyatda oʻtkazildi.