Farg'ona davlat universitetining Tarix fakulteti professor-o'qituvchilari Bishkek shahridagi Qirg‘iziston-Turkiya Manas universitetida xalqaro hamkorlik doirasida rasmiy chaqiruv xatiga muvofiq konferensiyada ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, mahorat darslari, seminar-treninglar olib borishmoqda. Mazkur hamkorlik Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi borasidagi bilim va tasavvurlarni yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.