Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Bir talabaga bir kitob

14:52, 16.10.2023      



Bugun Farg‘ona davlat universitetida “Bir talabaga bir kitob” shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda universitet o‘qituvchilari, talaba-yoshlar faol ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni sotib olmoqdalar. Bunday tadbirlarga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi, hech bir talabaning kitoblar yonidan befarq o‘tib ketmayotgani, yarmarka universitetda ta’lim olayotgan yoshlar bilan to‘la ekani quvonarli, albatta. Insonning ma’naviy kamolotga yetishishi uchun pillapoya vazifasini bajaradigan bebaho boyligi - o‘qigan kitoblaridir. Zero, ma’naviy yetuklik jamiyatda insonning inson ekanini belgilaydigan asosiy omil ekani barchaga ma’lum. Bugungi kun yoshlarining kitob o‘qishi, tafakkurining kengligi, o‘z fikr va qarashlariga ega bo‘lishi kelajakda vatanimizning rivojlanib, ravnaq topishida muhim ahamiyatga egadir.