Bugun universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov – Pedagogika-psixologiya fakultetining birinchi bosqichda ta'lim olayotgan talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda dastlab yoshlarning yutuq va imkoniyatlari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar, talabalarning kelgusidagi rejalari o'zaro o'rtoqlashildi.
Muloqot davomida yoshlarning ma’naviy dunyosi, milliy-mafkuraviy qarashlari xususida so'z bordi va vatanparvarlik, ahillik, shukronalik, shuningdek, odob-axloq, tartib-intizom, kiyinish madaniyati masalalarida fikrlari o'rganildi.
“...Siz kabi bo'lajak pedagoglarimiz, yetishib chiqayotgan psixologlarimiz - bizning kelgusi qanotimizdir. Bugun oldingizga ulkan maqsadlar qo‘yib intilayotganingiz -siz uchun ertaga barcha imkoniyatlar egishini ochadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Siz - yoshlarning baxtli kelajagi ko'zlanmoqda. "- dedi rektor o’z so’zida.
Universitet rahbari yoshlar bilan ochiq suhbat olib borar ekan, ularning taklif va tashabbuslari, muammo va kamchiliklari bilan qiziqdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan bu uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.