Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Hududiy bo‘linmalar hamkorligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

14:41, 19.10.2023      


Farg‘ona Davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi hududiy bo‘linmalari hamkorligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident adminstratsiyasi mas’ul xodimi Otabek Bozorov, Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Umidulla Sattorov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov va boshqalar ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratdilar.

Seminar davomida kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, hududiy bo‘linmalarning hamkorligini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.