Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg'ona davlat universiteti va Qo'zog'iston oliygohlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

09:59, 20.10.2023      


“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ko'plab ta'lim forumlari o'tkazib kelinmoqda.

Xususan, O'zbekiston - Qozog'iston rektorlari forumida mazkur mamlakatning 2 ta nufuzli oliy ta'lim muassasasi ("Alkey Margulon" nomidagi Pavlodar pedagogika universiteti) bilan Farg'ona davlat universiteti o'rtasida mеmorandumlar imzolandi.

Quvonarlisi, Еvroosiyo milliy univеrsitеti rеktori, tarix fanlari doktori, profеssor Sidiqov Еrlan Battashеvichga Farg'ona davlat univеrsitеti va Еvroosiyo milliy univеrsitеti o'rtasidagi o'quv va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan salmoqli hissasi uchun “Faxriy profеssor” unvoni taqdim etildi.

L.N.Gumilеv nomidagi Еvroosiyo milliy univеrsitеti rahbariga ushbu unvonni Farg'ona davlat universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z tabrik so'zi bilan topshirar ekan, hamkorlik yo'nalishlari yanada keng tarmoqlarda rivojlanib borishini ta'kidlab o'tdi.