Bugun Filologiya fakultetida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tilini rivojlantirishda til siyosatining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda xorijiy va qardosh mamlakatlarning professorlari, tilshunos olimlari ishtirok etdilar va o‘zbek tili haqidagi ilmiy-tahliliy fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir doirasida Farg‘ona viloyat hokim maslahatchisi S.Tongotarova, professor SH.Iskandarova, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari, professor M.Abdiyev, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti professori, filologiya fanlari doktori T.Shokirov, Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi D.Sayidiraximova,M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy universitet o‘qituvchisi K.Lexanova, O‘sh davlat universiteti o‘qituvchisi Z.Sabiraliyevalarning o'zbek tili xususidagi ilmiy va nazariy qarashlari, muhim ma’ruzalari tinglandi. Anjuman yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.