Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

O‘zbek tili bayrami kuni

14:37, 21.10.2023      


21-oktabr - ‘‘O‘zbek tili bayrami kuni‘‘ munosabati bilan Farg'ona davlat universitetida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bayram tadbirida nutq so‘zlagan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov kirish so'zida tilimizning bugungi kundagi nufuzi, davlat tilini rivojlantirish bo'yicha Muhtaram Prezidentimiz tashabbuskorligida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida alohida to'xtalib o'tdi.

Tadbirda Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tilshunos olimlar, xorijiy mehmonlar tomonidan o‘qilgan ma’ruzalarda tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi qayta kashf etildi.

Tadbir davomida yangragan kuy va qo‘shiqlar, talaba-yoshlar ijrosidagi she'rlar, turli chiqishlar jonajon tilimizning go'zal tarifi sifatida jarangladi.