Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDU REKTORI BILAN MULOQOT

11:58, 23.10.2023      

Bugun Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov bilan Iqtisodiyot va Agrar qo'shma fakultetlari talaba-yoshlari orasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dastlab rektor yoshlarni birinchi bosqichga qadam qo'yib, o'quv jarayonlarini muvaffaqiyatli boshlaganliklari bilan qutladi.

Muloqotda talabalarga intizomlilik, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, jamoatchilik odobini saqlash, shukronalik, or-nomus, shaxsiy fazilatlarni shakllantirib borish masalalari shuningdek, ushbu fakultet uchun ajratilgan va yangi foydalanishga topshirilgan o'quv binosi, zamonaviy jihozlar va moddiy-texnika vositalarnini asrash, shart-sharoitlardan oqilona foydalanish zarurligi qayd etildi.

"Talabalik sharafiga erishganingiz va salohiyati, nufuzi yuqori bo'lgan fakultetlarda ta'lim olayotganingiz- Sizning baxtingizdir, buni esa vaqtida anglash, qadriga etish zarur, " - deya ta'kidladi universitet rahbari o'z so'zida.

Shuningdek, muloqot davomida yoshlarning hayot yo'lida duch kelishi mumkin bo'lgan irodasizlik, giyohvandlik, loqaydlik, turli yot oqimlar ta'siri, axborot huruji, huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi illatlar oqibatlari alohida tushuntirib o'tildi.

Rektor bilan ochiq muloqot chog'ida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan turli mavzudagi savollarga javob olish bilan birga, universitet rahbariga taklif va muammolar bilan to'g'ridan to'g'ri murojaat qildilar. Uchrashuvning o'zida talalabalar murojaatlari qaydnomasi shakllantirilib, ijroga yo'naltirildi.

Talabalar bilan samimiy va jonli o'tgan suhbat yakunida rektor yoshlar orqali ularning ota-onalariga o'z salomini yo'lladi va oliy ta'lim dargohiga munosib farzandlarni voyaga yetkazib berganlari uchun minnatdorligini bildirdi.