Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning talabalar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv San'atshunoslik fakulteti talaba-yoshlari uchun tashkil etildi.
Bunda yoshlarning bugungi ma'naviy qiyofasi, bilim olish darajasi, fikrlash dunyosi, maqsad va rejalari, axborot olish va uzatish madaniyati, kiyinish va muomala odobi, turli yot oqimlar ta'siridan ogoh bo'lish kabi muhim masalalar kun tartibida bo'ldi.
Uchrashuvda talabalarga odob-axloq, tartib-intizom, yurtga va millatga sadoqat, diyonat, oliygohga hurmat tushunchalari uqtirib borildi. San’anshunoslik fakultetida ijodkorlar ta’lim olishlaridan kelib chiqib, nazariy fanlar bilan bir qatorda ijodiy faoliyalarini ham rivojlantirib borishlari zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, rektor Respublikamizning boshqa hududlaridan kelib ta'lim olayotgan tengdosh talabalar bilan ahil bo'lish, do'stona munosabatlarni kengaytirish xususida alohida to'xtalib o'tdi.
Talabalar bilan yaqindan muloqot chog'ida ularning taklif va tashabbuslari o'rganilib, muammolari tinglandi.