Bugun "SAMO" sport majmuasida Farg'ona viloyat hokimligi hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasidagi o'tkazilgan ommaviy sport musobaqalari g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Olimpiada natijalariga ko'ra, ushbu musobaqada yuqori natijaga erishgan FarDU talabalari:
Sportning stritbol turi bo'yicha qizlar jamoasi - 1- o'rin,
Sportning voleybol turi bo'yicha qizlar jamoasi - 2- o'rin,
Sportning stritbol turi bo'yicha o'g'il bolalar jamoasi - 2 - o'rin ko'rsatkichi bilan g'oliblar safini egalladilar.
Ushbu jamoalarni g'alaba bilan qizg'in tabriklagan Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov sportchi talabalarni qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirladi.
Ma'lumot uchun, FarDUning mazkur talabalari endilikda Buxoro viloyatida bo'lib o'tadigan musobaqalarda ishtirok etadilar.