Siz “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlarini bilasizmi?
Bugun FarDUda “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bo‘yicha onlayn seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyatdagi oliy ta'lim tizimi hamda jamg'arma vakillari, xalqaro ekspertlar professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar, shuningdek, shahar tumanlardagi studiyalar orqali keng aholi qatlami ishtirok etdi.
Unda “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan bakalavr, magistr, doktorantlar uchun ajratilgan stipendiyalar dasturi, turli tanlovlar va xorijda ta'limni davom ettirish kabi bir qator masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Ma'ruzalarda stipendiyalar tanlovida ishtirok etish darajasi va natijalar bo‘yicha 5-o‘rinda turgan Farg‘ona oliy ta’lim muassasalari yanada yuksak ko‘rsatgichlarga erishishi lozimligi ta’kidlandi.
Tanlovlar mutlaqo shaffoflik bilan o‘tkaziladi. Maqsad, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, xorijda ta’lim olishlariga ko‘maklashish va kelgusida bilimlarini hayotga tatbiq etish mamlakatning rivoji uchun hissa qo‘shishdan iborat.