Farg‘ona davlat universitetining San’atshunoslik fakultetida O‘zbekiston xalq artisti, professor, Turon fanlar akademiyasining akademigi, «Do‘stlik» ordeni sohibi Sultonali Mannopov tavalludining 75 yilligi va ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag‘ishlab, “San’at tizimida sifatli ta’lim samaradorligini takomillashtirish muammolari: Innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni o'z tabrik so'zi bilan ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’atga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritib, bunda Sultonali Mannopov kabi ustozlarning o‘rni va xizmati muhim ekanligini ta’kidladi.