Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

16:35, 25.10.2023      

Ayni paytda Chet tillari fakultetining Ingliz tili kafedrasi tomonidan

“ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI VA XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tmoqda.

Anjumanda ko'plab xorijiy davlatlar-Hindiston, Yaponiya, Koreya, AQSh, shuningdek, Respublikamizdagi tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va ularning yechimlari”, “Chog‘ishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik: muammolar, yutuqlar va kamchiliklar”, “ Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” va “Tilshunoslik va adabiyotshunoslik: yangi tadqiqotlar, muammolar va yechimlar” kabi sho‘balarni o‘z ichiga qamrab oladi.