Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Kuz-qish mavsumida is gazi hamda sifatsiz oziq - ovqat maxsulotlari (botulizm)dan zaxarlanishidan ehtiyot bo‘ling!

09:39, 27.10.2023      

Is gazi nima?

Ma’lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.
Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin. Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda: fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik; nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish; isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish; gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish; xavo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish; xavoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi xosil bo‘ladi.

Shuningdek aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalligini oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rilayotgan choralarning barchasi xalqimiz salomatligini muhofaza qilishga qaratilganligini inobatga olib, shahrimiz fuqarolaridan shuni so‘rab qolamizki, sifat sertifikati bo‘lmagan tez aynuvchi oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish hamda tanavvul qilishdan oldin uning oqibati qanday holatlarga olib kelishi, vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa insonning vafot etishigaga olib kelishi mumkinligini anglab yetishlarini so‘rab qolamiz!

Kapitan A.Apponov Farg‘ona shahar FVB xodimi

Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo`limi Y.Artikov