Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda!

09:56, 27.10.2023      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminarda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan 2 nafardan tajribali tyutorlar, jumladan FarDU tyutorlari ham ishtirok etib, faollik ko'rsatmoqdalar.

Namunaviy seminar-treningda ishtirok etayotgan tyutorlar 1 hafta muddatda o‘z ish faoliyatini olib borayotgan oliy ta’lim muassasasidagi boshqa hamkasb tyutorlari uchun kaskad usulida seminarlar tashkil qilishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Respublikamizdagi 211 ta oliy ta’lim muassasalarida 3000 dan ortiq tyutorlar faoliyat olib bormoqda.