Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi, ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri I.Gafurov va o'qituvchi A.Oxunov, Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi A.Toshmatov va A.Qosimovlar 26-27 oktabr kunlari Qirg'iziston respublikasi Osh shahridagi Qirg'iz -O'zbek xalqaro universiteti va Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro oliy ta’lim dargohlariga tashrif buyurishdi. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'qituvchi va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.