Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

REKTORNING NAVBATDAGI UCHRASHUVI – JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA

09:52, 31.10.2023      

Fakultetlararo muntazam olib borilayotgan navbatdagi rektor muloqotlari Jismoniy madaniyat fakultetitalaba-yoshlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

O’zaro muloqotda universitet rahbari yoshlarga ta’lim-tarbiya, tartib-intizom, odob-axloq, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar, kiyinish madaniyati borasida muhim maslahatlar va tavsiyalar berdi.

Suhbat davomida yoshlarning darsdan bo'sh vaqtda foydali mashg'ulot bilan shug'ullanishlari, ustozlar va ota-ona oldidagi burch, o'zaro hurmat-ehtiromning mohiyati to’g’risida so’z bordi.

Shuningdek, globallashuv davrida yoshlar ongini turli yot g'oyalar, diniy aqidaparastlik, missionerlik, jinoyatchilik, korrupsiya kabi illatlardan saqlash, ularni Vatanga sadoqat va millatga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari rahbar diqqat-e'tiborida bo'ldi.

Uchrashuvda talabalar rektor bilan yaqindan muloqot qildilar, turli masalalarda o’z taklif va muammolarini bildirdilar.